Huquqiy maslahatchi (yuriskonsult)

Sizni o‘z salohiyatingizni namoyon etib, g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish va biz bilan birgalikda natijalarga erishish imkoniyatiga ega jamoamizning bir qismi bo‘lishga taklif qilamiz.

Hozirgi vaqtda bizda quyidagi vakansiya ochiq: 

Huquqiy maslahatchi (yuriskonsult)

Vazifalar:

 Nizomlar, buyruqlar, lokal normativ hujjatlar va boshqa hujjatlarni tayyorlashda huquqiy ko‘mak ko‘rsatish;

 Shartnomalar, kontraktlar, kelishuvlar, ishonchnomalar va boshqa huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash;

 Huquqiy masalalar bo‘yicha yuridik xulosalar tayyorlash;

 Pretenziya va da’vo ishlari bilan shug‘ullanish;

Xatlar, so‘rovnomalar tayyorlash va xizmat yozishmalarini yuritish;

Rahbar tomonidan berilgan topshiriqlarni bajarish.

Talablar:

 Oliy yuridik ma’lumot;

Yurisprudensiya yoki konsalting sohasida kamida 1 yillik ish tajribasi;

Excel, Word va Outlook dasturlarida ishlash ko‘nikmasi;

 Mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati, kommunikativlik, og‘zaki va yozma nutq madaniyati, mas’uliyat, halollik, punktuallik, ijrochilik va jamoada ishlash ko‘nikmalari;

 Shartnomalar bilan ishlash tajribasi;

 Yuqori darajadagi mas’uliyat;

Yirik kompaniyada rivojlanishga intilish.

Sharoitlar:

Ish jadvali: 5/2, 09:00 dan 18:00 gacha;

Korporativ aloqa xarajatlari qoplanadi;

Sport zal abonementi (Push30);

Ingliz tili kurslari;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.