O‘zbekistonda yetakchi distribyutor

Adler — O‘zbekiston bozorida jahonga mashhur kundalik iste’mol mahsulotlarining eksklyuziv distribyutori.

Adler — bu 850 dan ortiq eng yaxshi mutaxassislardan iborat kuchli jamoa.
Adler kompaniyasi O‘zbekiston bozorini sifat va narxning eng maqbul nisbatiga ega yaxshi hamda talabgir mahsulotlar bilan boyitish ustida ishlamoqda. Adler o‘z hamkorlariga shaffoflik va qulaylikni kafolatlaydi, xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini va taqdim etilayotgan xizmatlarning samaradorligini ta’minlaydi.

Maqsad

Iste’molchi uchun jahon brendlariga mansub sifat va narxning eng maqbul nisbatiga ega talabgir mahsulotlarni taklif qilish orqali insonlar hayoti sifatini yaxshilash.

Qarashlar

Yuksalish va rivojlanish bo‘yicha o‘zining innovatsion yechimlariga ega Markaziy Osiyodagi 1-raqamli distribyutorga aylanishni istaymiz.

Qadriyatlarimiz

Hamkorlik
Hamkorlik

Bizning asosiy qadriyatimiz — birgalikda rivojlanishga qaratilgan ishonchli, mustahkam va uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatishdir. Ishonchimiz komilki, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdagi ish oliy maqsadlarga erishish va yangi cho‘qqilarni zabt etishning kalitidir.

Professionallik
Professionallik

Ishingizni doimo a’lo darajada bajarish va har qanday sharoitda ham qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilish qobiliyati maqsadlaringizga tez, oson erishishga yordam beradi.

Ishonch
Ishonch

Ishonch — muvaffaqiyatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning eng muhim omili. Ishonch ilhomlantiradi va rag‘batlantiradi, ertangi kun uchun dadillik hissini beradi. Ishonchli munosabatlar bu doim yoningizda bo‘ladigan va zarur vaqtda yordam beradigan sodiq safdoshlar, ishonchli suyanchiqni his qilishdir.

Doimiy rivojlanish
Doimiy rivojlanish

Hayot — doimiy va tinimsiz rivojlanish. Biz har daqiqada yangi bilimlarni kashf etish, yangi taassurot va hissiyotlarga ega bo‘lish, kundan-kunga qudratliroq, yaxshiroq bo‘lib borish bilan boshqalar erisha olmagan yangi cho‘qqilarga yetamiz.

Hurmat
Hurmat

Barchani birdek hurmat qilish muvaffaqiyatli va jo‘shqin rivojlanishni ta’minlaydi. Biz mustahkam do‘stlik, o‘zaro yordam va birodarlik kabi o‘ziga xos muhitni yaratamiz. Hurmat tamoyillariga asoslangan insoniy munosabatlar, albatta, hamjihatlikka olib keladi, demak, samarali faoliyat, shaxsiy va kasbiy o‘sishga yordam beradi deb chin dildan ishonamiz.

“Win/win” falsafasi
“Win/win” falsafasi

Biz muvaffaqiyatli biznes har bir jamoa a’zosining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Bir qo‘ldan qars chiqmaganidek, faqatgina o‘z manfaatini ko‘zlagan biznes muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Shuning uchun ham biz “win/win” falsafasiga amal qilgan holda g‘alaba quvonchini birgalikda baham ko‘ramiz, umumiy rejalar tuzamiz va yuksak maqsadlarga erishishda bir-birimizni qo‘llab quvvatlaymiz.

Bizning jamoa

Yulduz Sodiqova
2021-yildan beri Adler Group Distribution kompaniyasini boshqaradi. FMCG sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega: xalqaro va mahalliy kompaniyalarda Danone, PepsiCo va Mars brendlari bilan ishlab, operatsion va tijoriy yo‘nalishlardan biznes boshqaruvigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Biznesni diversifikatsiya qilish va rivojlantirish, samarali operatsion modellarni shakllantirish hamda boshqaruv jamoalarini rivojlantirishga ixtisoslashgan. London Business Schoolda Executive MBA dasturida o‘qimoqda.
Yulduz Sodiqova Bosh direktori
Davron Ziyamuhamedov
Savdo departamentining sotish strategiyasi va samaradorligini boshqarish uchun mas’uldir. Savdo va distribyutsiya sohasida deyarli 20 yillik ortiq tajribaga ega bo‘lib, Beeline, Nestlé va Lactalis kabi yirik kompaniyalarda faoliyat yuritgan. Strategik rejalashtirish, bozor tahlili hamda tijorat departamenti faoliyati samaradorligini boshqarishga ixtisoslashgan.
Davron Ziyamuhamedov Tijorat direktori
Nurillaxo‘ja Odilov
Biznes rivojlanishining har bir bosqichida moliyaviy barqarorlik va shaffoflikni ta’minlaydi. Adler’da 2017-yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda, moliyachidan moliyaviy direktorgacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Moliya, bank sektori, tashqi iqtisodiy faoliyat va tadbirkorlik sohalarida 25 yildan ortiq tajribaga ega.
Nurillaxo‘ja Odilov Moliya direktori
Sergey Starodubsev
2025-yildan beri Adler Group Distribution operatsion blokini boshqarib, tahlil, logistika va omborxona operatsiyalari, IT-funksiya, yuridik bo‘lim va CSni birlashtiradi. Kompaniyadagi 10 yil davomida u yetakchi xalqaro brendlar - Mars, Danone, PepsiCo va boshqalar bilan yaqindan hamkorlik qilib, hamkorlikning barcha darajalarida operatsion muvofiqlikni ta’minlab kelmoqda.
Sergey Starodubsev Operatsion direktori
Janita Pardabekova
Adler Group Distribution kompaniyasining HR bo‘limiga rahbarlik qilib, xodimlar bilan ishlashning barcha yo‘nalishlari uchun mas’ul hisoblanadi. HR sohasida 9 yildan ortiq tajribaga ega bo‘lib, Staff-to-Business, Orient xoldingi, Urban Retail va Shayana Farm kompaniyalarida faoliyat yuritgan. 2023-yildan buyon Adler kompaniyasida ishlaydi. Ma’lumotlar va tahlillarga asoslangan, shaffof va o‘lchab bo‘ladigan HR jarayonlarini shakllantirishga ixtisoslashgan.
Janita Pardabekova HRBP
Aleksey Shinyayev
Kompaniya manfaatlarini himoya qilish, murakkab muzokaralarni huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash va biznes uchun samarali huquqiy yechimlarni ishlab chiqishga ixtisoslashgan. Biznesni yuridik jihatdan olib borish sohasida 8 yildan ortiq tajribaga ega. Shartnomaviy va korporativ huquq, da’vo va sud ishlari, tijorat loyihalarini huquqiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hamda huquqiy xavflarni nazorat qilish bo‘yicha ekspert.
Aleksey Shinyayev Yuridik bo‘lim boshlig‘i
Javohir Hamidov
Adler Group Distribution’da asosiy mijozlar bilan ishlash yo‘nalishini boshqaradi, kompaniyaning butun portfelini rivojlantirish va kuchli Modern Trade tuzilmasini yaratish uchun mas’uldir. Nestléda 8 yildan ortiq ishlagan. Adler mijozlar bilan hamkorlikda biznes-rejalashtirishni rivojlantirish, yagona ish standartlari va shaffof KPI tizimini joriy etishga e’tibor qaratadi.
Javohir Hamidov Modern Trade kanali direktori
Ibragim Djuraev
2023-yildan beri Adler Group Distribution kompaniyasida bo‘lib, Mars portfelini sotish va tarqatishni rivojlantirish uchun mas’ul. United Distribution, PerFetti Van Melle kabi kompaniyalarda distributsiya sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega. Jamoa boshqaruvini aniq maqsadlar, shaffof KPI va ma’lumotlar bilan muntazam ishlash asosida quradi, bunda strategiya yo‘nalishni belgilaydi, boshqaruv yondashuvi esa jamoa natijaga qanday erishishini belgilaydi.
Ibragim Djuraev Savdo direktori
Aynur Yadrishenskaya
FMCG sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega. 2021-yildan buyon Adler kompaniyasida faoliyat yuritadi. 2025-yildan boshlab INFAPRIM savdolarini rivojlantirish, jamoani boshqarish, hududlardagi faoliyatni kengaytirish va asosiy biznes ko‘rsatkichlariga erishish uchun mas’uldir. Faoliyatida tizimli yondashuvga amal qiladi, asosiy e’tiborini natijaga erishish va barqaror o‘sishni ta’minlashga qaratadi.
Aynur Yadrishenskaya Savdo direktori
Doniyor Yo‘ldoshev
2023-yildan buyin Adler Group Distribution'da, hozirda Danone portfelining savdo va distribyutsiyasini rivojlantirish bilan shug‘ullanadi. Dastlab Rusagro portfeli bilan ishlab, YTD ko‘rsatkichlari bo‘yicha savdolarning ijobiy dinamikasini ta’minlagan. Ucell, Musaffo va Gatter kompaniyalarida rejalashtirish, tahlil va xaridlar yo‘nalishlarida 10 yildan ortiq tajribaga ega. Boshqaruvda xodimlarning avtonomligi uchun imkon yaratish va ularning strategik fikrlashini rivojlantirishga ahamiyat beradi.
Doniyor Yo‘ldoshev Savdo direktori
Dilmurod Shoikromov
Adler Group Distribution kompaniyasida Rusagro savdo yo‘nalishiga rahbarlik qiladi. Distribyutsiya sohasida 10 yildan ortiq tajribaga ega va 2017-yildan buyon kompaniyada faoliyat yuritib kelmoqda. Amaliy tajribasi unga soha va biznes jarayonlarining o‘ziga xos jihatlarini chuqur o‘rganish imkonini bergan. Shu asosda boshqaruv yondashuvini shakllantirgan — savdo bo‘limining samarali tuzilmasini yaratishdan boshlab jamoani rivojlantirish va savdo ko‘rsatkichlarini oshirishgacha alohida e’tibor qaratadi.
Dilmurod Shoikromov Savdo direktori
Timur Salixov
2025-yildan beri Adler Group Distribution kompaniyasida marketing yo‘nalishini boshqaradi. Marketing va biznesni rivojlantirish sohasida 15 yildan ortiq tajribaga ega, jumladan Ekopen, Beeline, Sarkor Telecom va boshqa kompaniyalarda ishlagan. Strategik va savdo marketingi, brendlarni rivojlantirish va marketing loyihalarini boshqarish bo‘yicha mutaxassis.
Timur Salixov Treyd-marketing menejeri