Analitik

Sizni o‘z salohiyatingizni namoyon qilib, g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish va biz bilan birgalikda natijalarga erishish imkoniyatiga ega jamoamizning bir qismi bo‘lishga taklif qilamiz.

Hozirgi vaqtda bizda analitika va prognozlash bo‘limiga analitik vakansiyasi mavjud.

Vazifalar:

Savdo dinamikasini tahlil qilish va prognozlash;

Mavjud portfellar bo‘yicha yetkazib beruvchilarga mahsulot buyurtmalari uchun arizalar shakllantirish;

Yetkazib berish muddatlarini nazorat qilish;

Omborlardagi sog‘lom zaxira hajmini nazorat qilish;

Ombor mudirlari hisobotlari, kelib tushgan mahsulotlar va qoldiqlarni kuzatish orqali mahsulotlarning yaroqlilik muddatini nazorat qilish;

Yuzaga kelayotgan xatarlarni kuzatish va ular haqida xabardor qilish;

Savdo jamoasi va rahbariyat uchun savdo, qoldiq, prognoz va targetlar bo‘yicha ichki hisobotlar tayyorlash;

Hisobot davri va kelasi davrlar uchun reja tuzish maqsadida savdo trendlarini prognozlash va kuzatish;

Top-menejment uchun hisobotlar va prezentatsiyalar vizualizatsiyasini tayyorlash;

Savdo hajmini oshirish uchun muqobil choralarni hisoblash va tahlil qilish;

Rejalashtirilgan ko‘rsatkichlardan chetlanish sabablarini tahlil qilish, aniqlash va xabardor qilish;

Yuqoridagi masalalar bo‘yicha tijorat departamenti bilan hamkorlik qilish.

Talablar:

Analitik fikrlash va turli dasturiy manbalardagi katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash qobiliyati;

 Hisobot tayyorlash ko‘nikmalari;

Statistika va analitik metodlar asoslarini bilish;

Microsoft Excel dasturini yuqori darajada bilish (formulalar bilan ishlash va ularni o‘qish), MS PowerPoint ko‘nikmalari;

Power Query va Power Pivot bilan ishlash tajribasi ustunlik beradi;

Mustaqil va jamoada ishlash qobiliyati;

Ko‘p vazifali rejimda ishlash, detallarga e’tibor, raqamlar bilan ishlashga qiziqish va natijaga yo‘naltirilganlik.

Qo‘shimcha ustunliklar:

 1C dasturi bilan ishlash ko‘nikmalari;

Power BI va Qlik Senseda ma’lumotlarni vizualizatsiya qilish tajribasi (DAX tilida kod yozish, data model qurish, dashboard yaratish);

SQL bo‘yicha o‘rta murakkablikdagi so‘rovlar darajasida bilim.

Sharoitlar:

Ish jadvali:

Yanvardan sentyabrgacha — 5/2

Oktyabrdan dekabrgacha — 6/1

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha;

Korporativ aloqa xarajatlari qoplanadi;

 Sport zali abonementi (Push30);

 Ingliz tili kurslari;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.