Hududiy savdo menejeri
Sizni o‘z salohiyatingizni namoyon qilib, o‘z g‘oyalaringizni hayotga tatbiq etish va biz bilan birgalikda natijalarga erishish imkoniyatiga ega jamoamizning bir qismi bo‘lishga taklif qilamiz.
Hozirgi vaqtda bizda InfaPrim portfeli bo‘yicha Andijon–Namangan hududi uchun hududiy menejer vakansiyasi ochiq.
Vazifalar:
Biriktirilgan hududda mahsulot distribyutsiyasini amalga oshirish;
Mijozlar bilan samarali kommunikatsiyalarni yo‘lga qo‘yish;
Muzokaralar olib borish va shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish;
Jamoaga vazifa va maqsadlar qo‘yish hamda ularning bajarilishini nazorat qilish;
Xodimlarni o‘qitish va rivojlantirish;
Biriktirilgan hudud bo‘yicha savdo hisobotlarini tayyorlash.
Talablar:
Ish tajribasi: supervayzer lavozimida kamida 2 yil;
Savdo nazariyasi, DSPM, savdo vakili tashrif bosqichlari va e’tirozlar bilan ishlash;
Savdo ko‘nikmalari va kamida 5 kishilik jamoani boshqarish tajribasi.
Sharoitlar:
Ish jadvali:
Yanvardan sentyabrgacha — 5/2
Oktyabrdan dekabrgacha — 6/1
Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha;
Korporativ aloqa xarajatlari qoplanadi;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.