Logist–Customer Service
Siz o‘z salohiyatingizni namoyon etib, g‘oyalaringizni hayotga tatbiq qilishingiz va biz bilan birgalikda natijalarga erishishingiz mumkin bo‘lgan jamoamizning bir qismiga aylanishga taklif qilamiz.
Biz nafaqat logistika jarayonlarini muvofiqlashtira oluvchi, balki yetkazib berish zanjirining barcha bosqichlarida mijozlar uchun sifatli servis tizimini yo‘lga qo‘ya oladigan mutaxassis izlayapmiz.
Vazifalar:
Customer Service jarayonlarini boshqarish;
Yuqori darajadagi mijozlar servisni ta’minlash va buyurtmalar bajarilishini nazorat qilish;
Logistika, omborlar, 3PL-provayderlar va boshqa bo‘limlar bilan hamkorlik qilish;
SLA ko‘rsatkichlari bajarilishini monitoring qilish, mijoz murojaatlari va reklamatsiyalarni tahlil qilish;
Logistika operatsiyalarini, jumladan xalqaro yetkazib berish va bojxona jarayonlarini nazorat qilish;
Jarayonlarni optimallashtirish va servisni yaxshilashga qaratilgan raqamli loyihalarda ishtirok etish;
Hisobotlar tayyorlash, jamoani o‘qitish va xizmat ko‘rsatish standartlarini joriy etish.
Talablar:
Logistika va/yoki mijozlar servisi sohasida kamida 1 yillik tajriba (distribyutsiya yoki e-commerce sohasida bo‘lsa afzal);
Logistika jarayonlari, xalqaro tashuvlar va bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha tushunchaga ega bo‘lish;
Analitika, KPI va SLA bilan ishlash ko‘nikmalari;
3PL bilan ishlash tajribasi va mijozlar servisi tamoyillarini bilish;
Kuchli kommunikatsiya ko‘nikmalari va ko‘p vazifali ish rejimida ishlay olish;
Ingliz tilini bilish ustunlik beradi.
Sharoitlar:
Ish jadvali:
Yanvardan sentyabrgacha — 5/2
Oktyabrdan dekabrgacha — 6/1
09:00 dan 18:00 gacha;
Korporativ aloqa xarajatlari qoplanadi;
Push30 abonementi;
Ingliz tili kurslari;
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga joylashish.