Savdo uskunalari bo‘yicha mutaxassis

ADLER GROUP DISTRIBUTION kompaniyasi treyd-marketing bo‘limiga savdo uskunalari bo‘yicha mutaxassis lavozimiga taklif qiladi.

Biz savdo nuqtalarida kompaniyaning muzlatkich va sovutish uskunalarini boshqarishning to‘liq sikli uchun mas’ul holda ularning respublika bo‘ylab maksimal samaradorligini ta’minlay oladigan tashabbuskor va kuchli analitik mutaxassisni qidirmoqdamiz.

Vazifalar:

 Savdo uskunalarini o‘rnatish, demontaj qilish va ko‘chirish jarayonlarini muvofiqlashtirish;

Uskunalarni joylashtirish va qaytarish bo‘yicha vazifalar bajarilishini nazorat qilish;

 Savdo bo‘limi, logistika, omborlar va pudratchilar bilan hamkorlik qilish;

Savdo jamoasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarning to‘g‘riligini nazorat qilish;

Hisob tizimlarida savdo uskunalari bazasini yuritish va yangilab borish;

Omborlardagi uskunalar qoldig‘ini nazorat qilish;

Foto hisobotlarni tekshirish va savdo nuqtalarida o‘rnatish sifati nazoratini olib borish;

Analitik hisobotlar va taqdimotlar tayyorlash;

 Katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash va uskunalar bo‘yicha ma’lumotlarni har kuni yangilab borish;

Uskunalarni o‘rnatish, qaytarish va inventarizatsiya qilish bo‘yicha KPI ko‘rsatkichlari bajarilishini nazorat qilish.

Talablar:

 FMCG, savdo, treyd-marketing, marketing yoki logistika sohasida ish tajribasi;

Jarayonlarni muvofiqlashtirish yoki jamoani boshqarish tajribasi ustunlik beradi;

Microsoft Excel (majburiy), Word va PowerPoint dasturlarini yaxshi bilish;

Analitik fikrlash va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlash ko‘nikmasi;

 Mustaqil qaror qabul qilish qobiliyati;

Rus va o‘zbek tillarini erkin bilish;

O‘zbekiston bo‘ylab xizmat safarlariga tayyorlik.

Sharoitlar:

 Ish jadvali:

Yanvardan sentyabrgacha — 5/2

Oktyabrdan dekabrgacha — 6/1

Ish vaqti: 09:00 dan 18:00 gacha; Korporativ aloqa xarajatlari qoplanadi;

Sport zal abonementi (Push30);

Ingliz tili kurslari;

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga muvofiq rasmiy ishga qabul qilish.