![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/01/banner1.jpg)
O‘zbekistonda yetakchi distribyutor
Adler — O‘zbekiston bozorida jahonga mashhur kundalik iste’mol mahsulotlarining eksklyuziv distribyutori.
Adler — bu 850 dan ortiq eng yaxshi mutaxassislardan iborat kuchli jamoa.
Adler kompaniyasi O‘zbekiston bozorini sifat va narxning eng maqbul nisbatiga ega yaxshi hamda talabgir mahsulotlar bilan boyitish ustida ishlamoqda. Adler o‘z hamkorlariga shaffoflik va qulaylikni kafolatlaydi, xizmat ko‘rsatishning yuqori darajasini va taqdim etilayotgan xizmatlarning samaradorligini ta’minlaydi.
Maqsad
Iste’molchi uchun jahon brendlariga mansub sifat va narxning eng maqbul nisbatiga ega talabgir mahsulotlarni taklif qilish orqali insonlar hayoti sifatini yaxshilash.
Qarashlar
Yuksalish va rivojlanish bo‘yicha o‘zining innovatsion yechimlariga ega Markaziy Osiyodagi 1-raqamli distribyutorga aylanishni istaymiz.
Qadriyatlarimiz
Bizning asosiy qadriyatimiz — birgalikda rivojlanishga qaratilgan ishonchli, mustahkam va uzoq muddatli hamkorlikni o‘rnatishdir. Ishonchimiz komilki, yaxshi yo‘lga qo‘yilgan hamkorlikdagi ish oliy maqsadlarga erishish va yangi cho‘qqilarni zabt etishning kalitidir.
Ishingizni doimo a’lo darajada bajarish va har qanday sharoitda ham qo‘yilgan vazifalarni samarali hal qilish qobiliyati maqsadlaringizga tez, oson erishishga yordam beradi.
Ishonch — muvaffaqiyatli va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning eng muhim omili. Ishonch ilhomlantiradi va rag‘batlantiradi, ertangi kun uchun dadillik hissini beradi. Ishonchli munosabatlar bu doim yoningizda bo‘ladigan va zarur vaqtda yordam beradigan sodiq safdoshlar, ishonchli suyanchiqni his qilishdir.
Hayot — doimiy va tinimsiz rivojlanish. Biz har daqiqada yangi bilimlarni kashf etish, yangi taassurot va hissiyotlarga ega bo‘lish, kundan-kunga qudratliroq, yaxshiroq bo‘lib borish bilan boshqalar erisha olmagan yangi cho‘qqilarga yetamiz.
Barchani birdek hurmat qilish muvaffaqiyatli va jo‘shqin rivojlanishni ta’minlaydi. Biz mustahkam do‘stlik, o‘zaro yordam va birodarlik kabi o‘ziga xos muhitni yaratamiz. Hurmat tamoyillariga asoslangan insoniy munosabatlar, albatta, hamjihatlikka olib keladi, demak, samarali faoliyat, shaxsiy va kasbiy o‘sishga yordam beradi deb chin dildan ishonamiz.
Biz muvaffaqiyatli biznes har bir jamoa a’zosining ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lishi kerak deb hisoblaymiz. Bir qo‘ldan qars chiqmaganidek, faqatgina o‘z manfaatini ko‘zlagan biznes muvaffaqiyatga erisha olmaydi. Shuning uchun ham biz “win/win” falsafasiga amal qilgan holda g‘alaba quvonchini birgalikda baham ko‘ramiz, umumiy rejalar tuzamiz va yuksak maqsadlarga erishishda bir-birimizni qo‘llab quvvatlaymiz.
Bizning jamoa
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/yul.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/ole.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/ser.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/nur.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/dan.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/fer.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/far.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/ali.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/vic.jpg)
![](https://adler.uz/wp-content/uploads/2023/02/ale.jpg)