Management team. Samarali boshqaruv usuli va uni qo‘llash xususiyatlari

Bugun biz sizga kompaniyamizda faol ravishda amalda qo‘llanayotgan “Management Team” boshqaruv usuli haqida gapirib beramiz.

Jahon amaliyotida “Management Team” — bu tez o‘zgaruvchan sharoitda biznes muammolarini boshqarish va hal qilishni tashkil etishda yangicha yondashuv. Shuningdek, u kuchayib borayotgan raqobatga javob sifatida shakllangan. “Fortune” ro‘yxatiga kiruvchi kompaniyalar o‘zlarining rivojlanish strategiyasiga “eng yuqori boshqaruv lavozimlarida hamkorlik va jamoaviy ish”ni albatta qo‘shadi.
Biz uchun “Management Team” quyidagilarni nazarda tutadi: hamkorlik faoliyatini tashkil etish va boshqarish, o‘zaro nazorat, o‘zaro yordam va o‘zaro o‘rin almashish, umumiy qadriyatlar va maqsadlarni belgilash, jamoaviy mas’uliyatlilik, individual va jamoaviy potensiallarni rivojlantirish va ulardan foydalanish.

Bir so‘z bilan aytganda, natija qanday bo‘lishi kerakligi haqida jamoa bilan umumiy qarashni shakllantirish kompaniya rivojlanishining yagona haqiqiy yo‘lidir. Korxonani boshqarishda menejerlarning rahbar bilan birgalikda ishtirok etishi, shuningdek, har bir xodimning salohiyatidan to‘g‘ri foydalanish jamoani shakllantirishga zamonaviy yondashuv hisoblanadi.

Adler uchun “Management team” — bu o‘zgaruvchan bozor “iqlimi”ga moslashish. Bu hamkorlaringiz jahondagi yirik ishlab chiqaruvchilar bo‘lganda, o‘yinning muqarrar qoidalaridir.

Kompaniya rahbariyati har oy kompaniyaning mamlakatimizdagi filiallaridan biriga tashrif buyuradi. Uning birinchi kuni hududiy tashrifga bag‘ishlangan. Bu filial sifati tashqi auditining o‘ziga xos turi bo‘lsa-da, nazoratchilar tomonidan o‘tkaziladigan muntazam tekshiruvlardan farqli o‘laroq, kompaniya rahbariyati chakana savdo shoxobchalarida tarqatiladigan mahsulotlarning mavjudligi, shuningdek, uning omborlarda saqlanishini nazorat qiladi. Maqsad — kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish.

Auditdan so‘ng kompaniya rahbariyati filial xodimlari bilan uchrashib, mavjud muammolarni muhokama qiladi. Ushbu uchrashuvda xodimlar ish jarayonlari bo‘yicha o‘z fikr va istaklari bilan o‘rtoqlashadi, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oladi. Bu xodimlar va rahbariyat o‘rtasida samarali axborot almashinuvi, shuningdek, ochiqlik va ishonch muhitini yaratish uchun zarur.

Tashrifning keyingi kuni har bir bo‘linma boshliqlarining taqdimotlariga bag‘ishlangan bo‘lib, ularda loyihalar, oy davomida amalga oshirilgan ishlar, jamoa va istiqboldagi rejalar haqida so‘zlaydilar. Bu kompaniya rahbariyatiga voqealar, muddatlar, shuningdek, muhim loyihalardan xabardor bo‘lishga yordam beradi.

“Management Team”ni joriy etish tajribasini sarhisob qilar ekanmiz, kompaniyamiz boshqaruvning ushbu usulidan muvaffaqiyatli foydalana olgani ayon bo‘ldi. Obyektiv haqiqat — ushbu yo‘nalishda rivojlanish. Biz biznesimizning raqobatbardoshligini oshiramiz, kompaniya ichidagi operatsion jarayonlarni ham, bo‘limlar o‘rtasidagi tushunishni ham yaxshilaymiz. Eng muhimi, kompaniyaning maqsad va qadriyatlari haqida umumiy tasavvurni shakllantiramiz, yanada puxtaroq, sifatliroq qarorlar qabul qilish ehtimolini hamda ularni tatbiq etish tezligini oshiramiz.