Sotuvlar bo‘yicha tahlilchi
Dinamik biznes muhitida tahliliy ko‘nikmalaringizni qo‘llash imkoniyatini izlayapsizmi? Jamoamizga iqtidorli sotuvlar bo‘yicha tahlilchini taklif qilamiz!
Sotuvlar bo‘yicha tahlilchi sifatida siz bizdagi sotuvlar o‘sishini va biznes-operatsiyalarni yaxshilashda muhim rol o‘ynaysiz. Ma’lumotlarni tahlil qilish, tendensiyalarni aniqlash va qimmatli fikrlarni taqdim etish orqali siz bizga daromadni oshiradigan hamda xavfni kamaytiradigan asosli qarorlar qabul qilishda yordam berasiz. Agar siz muammolarni ishtiyoq bilan hal qila olsangiz va bu sohada rivojlanishni istasangiz, biz sizni kutamiz!
Vazifaning sosiy majburiyatlari:
1. Hisobotlarni ishlab chiqish va joriy sotuv hisobotlarini optimallashtirish.
2. Sotuvlar/qoldiqlar/FMB va UMB bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash hamda tahlil qilish.
3. Yig‘ilgan ma’lumotlar asosida sotuvlarni prognozlash.
4. Sotuvlar/qoldiqlar/FMB va UMB bo‘yicha oylik taqdimotlarni tayyorlash.
5. Talab etilgan ko‘rsatkichlar bo‘yicha hisobotlarni bajarish, so‘rovlar bo‘yicha ma’lumotlarni yuklash.
6. Haftalik/oylik/choraklik hisobotlar.
7. Target uchun istisno holatlarni aniqlash.
8. Sotuvlar sifati va biznes-rejaning bajarilishini har kuni tahlil qilish.
Texnik mezonlar (nomzod nimani bilishi va bajara olishi kerak):
– Excel dasturini mukammal bilish (formulalarni bilish va ularni o‘qiy olish), MS Office dasturini bilish;
– Power BI, SQL vositalarini bilish qo‘shimcha afzallik hisoblanadi;
– 1C dasturida ishlash ko‘nikmalari (afzallik).
Shaxsiy fazilatlar (xulq-atvor mezonlari):
– Ko‘p vazifali rejimda ishlay olish qobiliyati;
– Kirishimlilik, mas’uliyatlilik, vazifalarni o‘z vaqtida bajarish;
– Jamoada ishlash qobiliyati va istagi;
– Tahliliy fikrlash, tafsilotlarga e’tiborlilik;
– Fikrini yozma va og‘zaki shaklda aniq yetkaza olish qobiliyati.
Biz nimani taklif qilamiz:
5 kunlik ish jadvali
Raqobatbardosh ish haqi
Korporativ oshxona
Amalda o‘rganish va rivojlanish imkoniyati
Sport zaliga abonement
Korporativ ingliz tili kurslari
Vakansiya sizni qiziqtirgan bo‘lsa, rezyumengizni ko‘rib chiqish uchun hr@adler.uz manziliga yuboring, biz siz bilan bog‘lanamiz!