Adler “Mehr” qarovsiz jonivorlar boshpanasi homiysi bo‘ldi

«Adler eng yirik itlar boshpanasidan biri bo‘lmish “Mehr”ga 2-yil homiylik qilmoqda. Uy hayvonlari ovqatlarining dunyoga mashhur brendlari distribyutori sifatida Adler momiq do‘stlarimizga, ayniqsa parvarishga muhtojlariga g‘amxo‘rlik qilish va qo‘llab-quvvatlash muhimligini tushunadi.

1000 dan ortiq itlar parvarishlanadigan boshpana o‘zining yuqori standartlarini saqlab qolishi uchun katta resurslar talab qilinadi. Adler bu zaruratni anglagan holda har oy 250 kg dan “Chappi” va “Pedigree” — bozordagi eng mashhur hamda ozuqaviy itlar ovqatini hadya qila boshladi.

Ushbu homiylik nafaqat boshpana itlarining ovqatga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi, balki boshpana xodimlarining moliyaviy tashvishini yengillashtirishga yordam beradi. Zaruriy yordamni ko‘rsatar ekan, Adler, boshpanaga yordam berish va uning qaramog‘idagi itlar uchun xavfsiz hamda qulay sharoit yaratishga umid qiladi.

Biz jamiyatga yordam ko‘rsatishimiz kerakligiga ishonamiz va itlar boshpanasi bilan ushbu hamkorlik ijobiy ta’sir ko‘rsatishga intilishimizning bir misolidir. Biz boshpanani va ularning to‘rt oyoqli do‘stlarimiz uchun qilayotgan beqiyos ishlarini qo‘llab-quvvatlashdan faxrlanamiz.»