Korporativ kutubxona

Yirik, rivojlanayotgan kompaniyalar uchun xodimlarni o‘qitish ustuvor vazifa bo‘lib, uni tashkil qilish doim ham oson emas. Bu murakkab va qimmat jarayon. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Adler doim xodimlarning rivojlanishi uchun imkon qadar harakat qiladi. Ishga qabul qilishda ham odamlarning o‘rganish istagiga e’tibor beramiz. Biz uchun har bir insonda nafaqat kasbiy yo‘nalishda, balki mutlaqo yangi bilimlarni kashf etish va ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish istagi va imkoniyati bo‘lishi muhim.

Doimiy rivojlanib boruvchi ish muhitini mustahkamlash maqsadida biz xodimlarimiz uchun Korporativ kutubxona tashkil qildik. Kutubxona yordamida kompaniya xodimlarga o‘z malakasini rivojlantirish, o‘qib-o‘rganish va malakasini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratadi, bu esa o‘z navbatida Adler’ning umumiy rivojlanishiga yordam beradi.

Hozir kutubxonamizda 100 ga yaqin qog‘oz kitoblar mavjud bo‘lib, ularning yarmi jahon bestsellerlari.

Korporativ kutubxona xodimlarimizga kompaniyaning doimiy rivojlanish qadriyatlarini yetkazadi deb hisoblaymiz. Biz har daqiqada yangi bilimlar, taassurot va his-tuyg‘ularni kashf qilamiz, kundan-kunga kuchliroq va yaxshiroq bo‘lib borish orqali yangi cho‘qqilarni zabt etamiz.